15:36 / 19.09.2016
7 009

Pele: Ronaldu kuchli to‘purar, ammo Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi

Pele: Ronaldu kuchli to‘purar, ammo Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi

Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi, 3 karra jahon chempioni Pele Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida kim kuchli ekaniga o‘z munosabatini bildirdi.

“Ronaldu kuchli to‘purar, ammo Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Men boshqa futbolchilarni ham keltirishim mumkin, lekin so‘nggi 10–15 yil davomida Messi kabi barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan o‘yinchini ko‘rmadim.

Ronaldu menga Ronaldoni yodga solmoqda. U ham gol urardi, biroq Messi hujumlarni bog‘lab turadi va uzatmalarni ham tez-tez beradi Shu sababli ham, Messi dunyodagi eng zo‘r futbolchi ekaniga shubha yo‘q”, – dedi Pele.

Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pele: Ronaldu kuchli to‘purar, ammo Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi