13−18 sentyabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida erkin, ayollar va yunon-rum kurashi bo‘yicha 17 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada O‘zbekistonning 17 kishidan iborat sport delegasiyasi yakka kurashlarning barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi. Olti kun davom etgan bahslar yakuniga ko‘ra, milliy terma vakillari yunon-rum kurashi bo‘yicha bir kumush va bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb yozmoqda "Gazeta.uz" nashri.
42 kilogramgacha vazn toifasida Ixtiyor Botirov chorak finalda eronlik Xusayn Aramiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, «bronza» uchun kechgan bahsda turkiyalik Burak Uzundan ustun keldi — 3:1.
Elbek Ergashev (-46 kg) esa finalda Ozarbayjon vakili Fail Iskandarovga 12:3 hisobiga mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal bilan kifoyalandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi