11:52 / 10.03.2015
5 275

«Barselona» Pedroni qo‘yib yuborishni istamayapti

«Barselona» Pedroni qo‘yib yuborishni istamayapti

«Barselona» klubi rahbariyati hujumchi Pedroni qo‘yib yuborishni istamayapti. Klubning transfer ishlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Karles Reshakning so‘zlariga ko‘ra, kataloniyaliklar Pedroni jamoada olib qolish uchun qattiq harakat qilishyapti.

Pedro joriy mavsumda 25ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, shulardan 12tasini asosiy tarkibda boshlagan.

Reshakning so‘zlariga ko‘ra, jamoada yulduz futbolchilar ko‘pligini inobatga oladigan bo‘lsa, bu tabiiy hol. Buning ustiga, «Barselona» ayni paytda bir necha musobaqada qatnashmoqda.

Shu sababli Pedroga etarlicha o‘yin amaliyoti taqdim qilish uchun imkoniyat bo‘ladi, deb hisoblamoqda Reshak.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Pedroni qo‘yib yuborishni istamayapti