12:08 / 24.09.2016
6 419

Mirabror Usmonov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Mirabror Usmonov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoniga sazovor bo‘ldi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida o‘zbekistonlik sportchilar so‘nggi yillarda sportda yuksak natijalarga erishmoqdalar va mamlakatni dunyoga tanitmoqdalar. Ayniqsa, Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida, dunyoning eng yaxshi natija ko‘rsatgan mamlakatlari qatoriga kira oldi.

Mazkur o‘yinlarda o‘zbekistonlik sportchilar katta matonat va mahorat ko‘rsatib, mamlakatimizni dunyoga tanitishga ulkan hissa qo‘shishdi. Buning natijasida, dunyoning eng kuchli davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallaganligi hamda Vatanimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlaridagi katta xizmatlari uchun bir qator sportchilar, murabbiylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Ular qatorida, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoniga sazovor bo‘ldi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirabror Usmonov davlat mukofoti bilan taqdirlandi