5 353
Ronaldu Chempionlar Ligasi uchrashuvida operatordan bekor qilingan gol takrorini ko‘rsatishni so‘radi
Madridning "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan "Borussiya"ga qarshi uchrashuvning tanaffusida bekor qilingan gol vaziyatida o‘yindan tashqari holat bo‘lganiga ishonch hosil qilish uchun operator yoniga keldi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.
Uchrashuvning 1-bo‘limiga qo‘shib berilgan vaqtda Ronaldu tomonidan kiritilgan gol britaniyalik hakam Mark Klattenburg tomonidan o‘yindan tashqari holat sababli bekor qilingan. 31 yoshli o‘yinchi hakamning bu qaroridan norozi bo‘ldi va tanaffusga hushtak chalingandan keyin operator yoniga holatning takrorini ko‘rish uchun bordi. Takrordan aniqlanishicha, Ronaldu haqiqatan ham o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan.
27 sentyabrda Dortmundda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi 1-to‘p Ronaldu tomonidan 17-daqiqada kiritildi.
[media=https://youtu.be/7u5Bu-QtbrU]
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi