23:23 / 02.10.2016
5 827

«Valensiya» darvozaboni mo‘’jiza ko‘rsatishda davom etadi: U 1 o‘yinda 2ta penalti qaytarib, rekordini yangiladi

«Valensiya» darvozaboni mo‘’jiza ko‘rsatishda davom etadi: U 1 o‘yinda 2ta penalti qaytarib, rekordini yangiladi

2011 yilgi mavsumdan buyon «Valensiya» sharafini himoya qilib kelayotgan darvozabon Diego Alves La Liganing 6-turida «Atletiko»ga qarshi bahsda 2 marta penaltini qaytardi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

Avvaliga ushbu braziliyalik darvozabon Antuan Grizmanning zarbasini bartaraf etgan, so‘ng Gabining gol urishiga yo‘l qo‘ymagan.
[media=https://youtu.be/0FUmWWd9QFY]
U o‘tgan turda ham penalti qaytarib, bu borada Ispaniya tarixidagi eng yaxshi posbonga aylanib olgandi.

Bugun Alves faoliyati davomidagi 19-penaltini qaytardi. Shu vaqtga qadar u qo‘riqlayotgan darvozalarga 36 bor 11 metrlik jarima zarbasi tayin qilingan bo‘lib, posbon shularning 50 foizidan ortiq holatda jamoasini goldan qutqarib qolgan.

1985 yil Rio-de-Janeyroda tavallud topgan Diego Alves «Valensiya»ga qadar «Atletiko Minero», «Almeriya» kabi klublarda to‘p surgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Valensiya» darvozaboni mo‘’jiza ko‘rsatishda davom etadi: U 1 o‘yinda 2ta penalti qaytarib, rekordini yangiladi