12:24 / 04.10.2016
5 786

500 nafardan ziyod yosh kurashchilar O‘zbekiston Kubogi uchun bellashadi

500 nafardan ziyod yosh kurashchilar O‘zbekiston Kubogi uchun bellashadi

Kubok yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan kurash bo‘yicha o‘smirlar termasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.

4−7 oktyabr kunlari Respublika olimpiya zaxiralari kollejida o‘smirlar o‘rtasida yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi "gazeta.uz" nashri.

500 nafardan ziyodroq sportchi ishtirok etayotgan musobaqa yakunlari bo‘yicha kelgusi mavsumdagi xalqaro bellashuvlarda qatnashadigan mamlakat o‘smirlar terma jamoasi shakllantiriladi.

4 oktyabr kuni 32, 38, 47, 59, 73 kg, 5 oktyabrda- 35, 42, 53, 66 va 85 kg vazn toifalarida yunon-rum kurashchilari o‘zaro bellashadi. 6 oktyabr kuni esa erkin kurash bo‘yicha 38, 46, 54, 63, 76 va 100 kg, 7 oktyabrda — 42, 50, 58, 69 va 85 kg vazn toifasidagi polvonlar bahs olib boradi.

Bellashuvlar har kuni 9:00 da start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 500 nafardan ziyod yosh kurashchilar O‘zbekiston Kubogi uchun bellashadi