O‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida 61 mamlakatdan 412 sportchi ishtirok etdi, "gazeta.uz" nashri
20 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Rossiyaning Xanti-Mansiy shahrida 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 61 mamlakatdan 412 shaxmatchi (221 o‘smir va 191 qiz) qatnashdi. Sportchilar ikki — har ikki jins vakillari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan «open» va faqatgina qizlar uchun seksiyada bahsga kirishdi. O‘zbekiston termasidan olti nafar shaxmatchi qatnashdi.
O‘zbekiston vakillaridan faqat bir nafari — Nodirbek Yakubboyev (jahon reytingida 2431 punkt) 43 mamlakatdan kelgan 76 nafar 14 yoshgacha sportchi o‘rtasida 11 tur yakunlariga ko‘ra bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
18 yoshgacha qizlar orasida gresiyalik Stavrula Solakidu, o‘smirlar o‘rtasida armanistonlik Manuel Petrosyan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Hindistonlik Xagavene Alanksha hamda Armaniston vakili Xaik Martirosyan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida g‘olib deb topildi.
14 yoshgacha shaxmatchilar orasida xitoylik Chju Jiner hamda Semyona Lomasova birinchi o‘rinni band etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi