12:04 / 07.10.2016
6 154

UFC jangchisi Neyt Dias Konor Makgregorga qarshi jangdan so‘ng marixuana iste’mol qilgani uchun jazolanmaydi

UFC jangchisi Neyt Dias Konor Makgregorga qarshi jangdan so‘ng marixuana iste’mol qilgani uchun jazolanmaydi

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) ishtirokchisi amerikalik Neyt Dias irlandiyalik Konor Makgregordan mag‘lubiyatga uchragan jangidan so‘ng matbuot anjumanida marixuana iste’mol qilgani uchun jazolanmaydigan bo‘ldi. Bu haqda AQSh antidoping agentligi (USADA) matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

USADA ning ma’lum qilishicha, Dias marixuana tarkibida bo‘lgan taqiqlangan preparat – kannabidiol iste’mol qilganini tan oldi.

Makgregorga qarshi jangdan so‘ng Dias elektron sigareta chekkan edi. Dias nima chekayotgani haqidagi savolga u kannabidiol deb javob qaytardi. Amerikalik sportchi mazkur moddani “davolovchi xususiyat”ga ega bo‘lgani uchun, jang hamda mashg‘ulotlardan oldin va keyin iste’mol qilishini bildirdi.

Sportchilarga marixuanani jangdan 6 soat oldin va jangdan 6 soat keyin iste’mol qilish mumkin emas. Diasning matbuot anjumani aynan o‘sha muddatda o‘tkazildi.

Kannabidiol moddasi 113 ta kannabinoidlardan biri sanaladi. Mazkur modda Xalqaro antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC jangchisi Neyt Dias Konor Makgregorga qarshi jangdan so‘ng marixuana iste’mol qilgani uchun jazolanmaydi