Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Las-Palmas”ga qarshi (2:2) La Liga 6-turida Krishtianu Ronalduni zaxiraga olish qaroriga izoh berdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Ronaldu zaxiraga olinganida xafa bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Bu holat Krishtianu jamoa taqdiriga befarq emasligini ko‘rsatdi. Men unga barchasini tushuntirdim. Shu erda nuqta qo‘yamiz. Hozir futbolchilar bitta mavsumda 60 tagacha o‘yin o‘tkazadi. Mening davrimda biz shuncha o‘yinni ikki yilda o‘tkazar edik. Menimcha, futbolchi shuncha o‘yinda bir xil darajada o‘ynay olmaydi”, – dedi fransiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi “Las-Palmas”ga qarshi o‘yinda zaxiraga olingani uchun Zinedin Zidanga norozilik bildirgan hamda mutaxassisning ustidan “Real Madrid” prezidenti Florentino Peresga shikoyat qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi