14:26 / 12.10.2016
8 325

Futbol: O‘zbekiston Xitoy qarshiligini sindirdi (+video)

Futbol: O‘zbekiston Xitoy qarshiligini sindirdi (+video)

O‘zbekiston termasi JCh-2016 Osiyo saralash musobaqasi doirasidagi uy uchrashuvida Xitoy futbolchilari ustidan g‘alaba qozondi,deb xabar bermoqda "gazeta.uz " nashri

O‘zbekiston milliy terma jamoasi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati-2018 Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichi to‘rtinchi tur uchrashuvida Xitoy jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mehmonlar uchrashuvning birinchi yarmida o‘zbekistonlik futbolchilarning o‘z jarima maydoniga yaqinlashishiga deyarli imkon qoldirmadi. Biroq ikkinchi taymda O‘zbekiston futbolchilari mehmonlar darvozasiga javobsiz ikkita gol kirita oldi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida Marat Bikmaev hisobni ochgan bo‘lsa, Otabek Shukurov hisobni ikki hissaga oshirdi. Uchrashuv mobaynida Samvel Babayan shogirdlari to‘rt marotaba raqib darvozasi to‘silarini nishonga oldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston, A guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. Birinchi o‘rinni esa Janubiy Koreyani o‘z maydonida 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Eron egalladi.

Video

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol: O‘zbekiston Xitoy qarshiligini sindirdi (+video)