23:15 / 25.10.2016
10 389

«Nasaf»ga tegishli «Markaziy» stadionda rekonstruksiya ishlari boshlandi (Foto)

«Nasaf»ga tegishli «Markaziy» stadionda rekonstruksiya ishlari boshlandi (Foto)

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” jamoasi uy uchrashuvlarini Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda o‘tkazadi. Mazkur stadion 2006 yili foydalanishga topshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlandi.

Rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich olib boriladi. Dastlab futbol maydoni va tomoshabinlar uchun o‘rindiqlar yangilanib, qo‘shimcha sektorlar barpo etiladi. Stadion sektorlari uzra ayvonlar – tomoshabinlarni qo‘yosh tafti va yog‘ingarchiliklardan asraydigan qilib, yarim yopiq ko‘rinishida barpo etiladi.

Rekonstruksiya ishlarining futbol maydonidan boshlangani, yangi chimning rivojlanishiga ko‘proq vaqt talab qilinganidadir. Shunisi diqqatga sazovorki, “Markaziy”da boshlangan rekonstruksiya ishlarining hajmi juda katta bo‘lib, ishlar kelasi yilgi bahor faslida tugallanishi nazarda tutilgan.

Stadion sektorlaridagi rekonstruksiya rejasiga ko‘ra, asosiy e’tibor futbol ishqibozlari uchun ko‘proq qo‘layliklar yaratish bilan birga ularning xavfsizligiga ko‘proq e’tibor beriladi. Shuningdek rekonstruksiya davomida stadion hududida bir necha qo‘shimcha bino va inshootlar ham quriladi.

Shu kecha kunduzda “Markaziy”dagi maydon chimi hashar yo‘li bilan, Sputnik qo‘rg‘onida joylashgan yoshlar qarorgohidagi ikkinchi maydonga ko‘chirilmoqda. Endi yoshlar qarorgohida ham ikkita futbol maydoni bo‘ladi. Bu tashabbus “Nasaf” PFK bosh menedjeri – Sh.S.Yarulinga tegishlidir.

Ushbu hasharda bir guruh “Nasaf” jamoasining faol muxlislari ham ishtirok etishdi. Quyidagi suratlarda bular aks ettirilgan.

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi? “Nasaf” jamoasi bu yilgi chempionatning qolgan uchrashuvlarini qayerda o‘tkazadi? Hozircha qolgan uchrashuvlar “Geolog” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bunga yaqin kunlarda aniqlik kiritiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf»ga tegishli «Markaziy» stadionda rekonstruksiya ishlari boshlandi (Foto)