18:28 / 12.03.2015
6 249

«Paxtakor» Sergeevning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

«Paxtakor» Sergeevning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

“Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi Oliy liga 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda 1:1 hisobida durang qayd etildi.

O‘yinni maydon egalari faol boshlashdi, deb bo‘lmaydi. Superkubok o‘yinida “Lokomotiv”dan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyat “Paxtakor”ga qattiq ta’sir qilgan ko‘rinadi. Bugun jamoaning o‘yini umuman o‘xshamadi. Shu bilan birga yangi mavsum arafasida tarkibni jiddiy kuchaytirgan “Olmaliq” birinchi bo‘limda juda yaxshi harakat qilib, nomdor raqibiga aslo yon bosgani yo‘q.

Ketma-ket hujumlar natijasida “Olmaliq” uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Shavkat Salomovning chap qanotdan oshirib bergan uzatmasini Zohir Pirimov chiroyli tarzda darvozaga joylab qo‘ydi. Pirimov – 2015 yilgi mavsumdagi ilk gol muallifi bo‘lganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.

Birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘limda “Olmaliq” jamoasi qarshi hujumga tayanib o‘ynadi. “Paxtakor” futbolchilari raqib himoya chizig‘ini yorib o‘tishda ancha qiyinchilikka duch keldilar. Ammo oxir oqibat Igor Sergeev o‘z niyatiga etdi. 88-daqiqada to‘p yon chiziqdan jarima maydonchasi ichiga tashlab berildi. Himoyachilarning xatosidan foydalangan Sergeev chap oyoqda Xonimqulov darvozasini ishg‘ol qila oldi. Ammo bu o‘yindagi so‘nggi gol bo‘ldi.

Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan o‘z yakuniga etdi.

Oliy liga, 1-tur
"Paxtakor" - "Olmaliq" — 1:1

Gol: I.Sergeev (88) - Z.Pirimov (36)
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimes, Oraxovas, Hoshimov, Ismatullaev, Maxaradze, Kozak, Andreev, Karimov, Sergeev
"Olmaliq": Xonimqulov, Sahob Jo‘raev, Gogol, Kashkaval, Inomov, Quttiboyev, Omonov, Salomov, Pirimov, Murzoyev, Yovanovich.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» Sergeevning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi