Rossiyaning «Krasnodar» futbol klubi himoyachisi, braziliyalik Naldo jamoaning yangi stadionida sevgan qizining qo‘lini so‘radi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi «Kun.uz».
Futbolchi Julianani jurnalistlar bilan intervyu bahonasida stadionga olib keldi. Biroq buning o‘rniga futbol maydonida unga turmushga chiqishni taklif qildi va qiz bunga rozilik berdi.
Naldo «Krasnodar» safiga 2016 yil yozida kelib qo‘shilgandi. U jamoa safida hozirgacha barcha turnirlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta to‘p kiritdi.
Ma’lumot uchun, 2013 yilda qurilishi boshlangan «Krasnodar» stadioni shu yil 9 oktyabrda Rossiya terma jamoasining Kosta-Rikaga qarshi o‘yini bilan ochildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi