18:47 / 04.11.2016
7 241

Babayan O‘zbekiston milliy tema jamoasining Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibini ma’lum qildi

Babayan O‘zbekiston milliy tema jamoasining Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibini ma’lum qildi

Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 4 noyabrdan yig‘inga kirishdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Jahon chempionati saralashining 3-bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston bugundan Janubiy Koreyaga qarshi 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan safardagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaydi.

Ushbu yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 10 noyabr kuni, “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 17:00da boshlanadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi milliy terma jamoa murabbiylar shtabi Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Egor Krimes (“Beyjin Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (Changchun Yatay – Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” - Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg” – Rossiya), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” - Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjin Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” – Qozog‘iston).

Ta’kidlash kerakki, Oston O‘runov hamda Jasurbek Yaxshiboyev milliy terma jamoaga yosh futbolchilarni tayyorlash dasturi doirasida bosh jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun taklif qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Babayan O‘zbekiston milliy tema jamoasining Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibini ma’lum qildi