21:50 / 13.03.2015
6 497

Pele: Krishtianu Ronaldu Lionel Messidan kuchliroq, kelajak esa Neymarga tegishli

Pele: Krishtianu Ronaldu Lionel Messidan kuchliroq, kelajak esa Neymarga tegishli

Eurosport.ru resursining xabar berishicha, uch karra jahon chempioni Pele Neymar Lionel Messidan so‘ng “Barselona” etakchisiga aylanish va Braziliyaga chempionlikni qaytarish salohiyatiga egaligini aytib o‘tgan.

“Messining bir necha yillik ustunligidan so‘ng ayni paytda Krishtianu birinchi raqamli futbolchiga aylandi, – deydi Pele L’Uomo Vogue jurnaliga bergan intervyusida, – Lionelning ham o‘z kuchli taraflari bor albatta. Kelajak esa Neymarga tegishli. U “Barselona” etakchisiga aylanish va Braziliyaga chempionlikni qaytarish salohiyatiga ega”.

Futbol qirolining fikricha, u zamonaviy futbolda ham eng kuchli o‘yinchilardan biriga aylanishi mumkin edi.

“Ishonchim komilki, bugungi futbolda ham muvaffaqiyat qozona olishim mumkin edi. Futbolchini futbolchi qiladigan narsa yuqori texnika emas, iqtidor va sadoqatdir. Nimadan afsusdaman? Ikkita narsadan: Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaganimdan va “Uembli”da birorta uchrashuv o‘tkazmaganimdan”, deydi Pele.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pele: Krishtianu Ronaldu Lionel Messidan kuchliroq, kelajak esa Neymarga tegishli