23:32 / 13.03.2015
6 020

Joze Mourino: EChLdan biror marta mag‘lub bo‘lmay chiqib ketgan jamoa faqat «Chelsi» bo‘lsa kerak

Joze Mourino: EChLdan biror marta mag‘lub bo‘lmay chiqib ketgan jamoa faqat «Chelsi» bo‘lsa kerak

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining Evropa Chempionlar ligasidan chiqib ketgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Chempionlar ligasidan chiqib ketgan futbolchilar - Angliya chempionatida mavsum boshidan buyon etakchilik qilib kelayotgan futbolchilardir. Aynan shu yigitlar yaqinda Liga Kubogida g‘olib chiqdilar. Va yana ular premer ligada ham g‘alaba qozonishni rejalashtirganlar.

Ularning hammasi bir futbolchilar. Agarda Liga Kubogidagi g‘alabaga APLni ham qo‘sha olsak, mavsumni ajoyib kechdi deb aytish mumkin bo‘ladi. Axir biz «Bredford»ga mag‘lub bo‘lgandan buyon biror marta imkoniyatni boy bermadik. Chempionatda ham ikki martagina mag‘lubiyatga uchraganmiz.

Chempionlar ligasida esa, biror marta mag‘lubiyatga uchramay chiqib ketgan yagona jamoa faqat «Chelsi» bo‘lsa kerak», - deydi Mourino.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: EChLdan biror marta mag‘lub bo‘lmay chiqib ketgan jamoa faqat «Chelsi» bo‘lsa kerak