23:37 / 13.03.2015
6 094

Sanjar Tursunov Ukraina chempionatida turning ramziy terma jamoasiga kiritildi

Sanjar Tursunov Ukraina chempionatida turning ramziy terma jamoasiga kiritildi

Ukrainadagi Football.ua nashri Ukraina chempionati 16-turida yaxshi o‘yin namoyish qilgan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi. Ushbu terma jamoadan "Vorskla" klubi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov ham o‘rin olgan.

"Sanjar Tursunov "Vorskla" tarkibida "Goverla"ga qarshi kechgan uchrashuvda o‘zini ko‘rsata oldi. "Vorskla" uchun standart vaziyatlar va tezkor hujumlarning o‘rni katta. Bu borada Sanjar Tursunov qay darajada bebaho ekanini ta’kidlab o‘tish shart.

Tursunov har ikki golli hujumda ishtirok etdi va yana bir qator vaziyatlarda o‘yinni kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi", - deyiladi Football.ua tomonidan Sanjar Tursunovga berilgan ta’rifda.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Tursunov Ukraina chempionatida turning ramziy terma jamoasiga kiritildi