Qatar hukumati 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida Doha ko‘chalari va boshqa jamoat joylarida spirtli ichimlar iste’mol qilish taqiqlanishini e’lon qildi. Bu haqda Sof.uz sayti yozmoqda.
Yangi qaror musobaqa vaqtida stadionlarni to‘ldirishi kutiladigan xorijlik muxlislarga xush yoqmasligi aniq. FIFAning Qatardagi jazirama harorat tufali musobaqani qish fasliga ko‘chirish haqidagi qarori dunyo jamoatchiligida norozilik uyg‘otgan edi.
Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita bosh kotibi Hasan as-Savadiy «Ash-Sharq» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, «ko‘chalar, maydonlar va jamoat joylarida» spirtli ichimlar iste’moli taqiqlanadi. Bosh kotib janoblari bu so‘nggi qaror ekanligini ham eslatib o‘tgan.
Ma’lum bo‘lishicha, spirtli ichimliklar ichishga jamoat joylaridan tashqari hududlarda ruxsat etiladi. Ma’lumot uchun, Qatar qonunchiligida spirtli ichimliklar butkul taqiqlanmagan. Faqatgina jamoat joylarida ichish yoki ko‘chada mast holda yurishga ruxsat etilmaydi. Mamlakatda yashovchi chet el fuqarolari spirtli ichimliklar iste’mol qilishga ruxsatnoma olishlari mumkin va shundagina mehmonxonalar ularni spirtli ichimliklar bilan ta’minlashi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi