00:55 / 13.11.2016
6 133

Vitaliy Denisov — Evropaning eng yaxshi 5 osiyolik futbolchisi

Vitaliy Denisov — Evropaning eng yaxshi 5 osiyolik futbolchisi

Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi va O‘zbekiston termasi himoyachisi Vitaliy Denisov oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra Evropada o‘ynayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchilar beshligidan o‘rin oldi.

Football Channel Asia — Yaponiyaning etakchi Football Channel sport saytining xalqaro bo‘linmasi ikkinchi yildirki, har oyda Evropa jamoalarida o‘ynayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchilar reytingini e’lon qilib kelmoqda. nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ko‘hna Qit’ada Osiyo qit’asining 100 nafardan ziyod futbolchilari to‘p surayotgan bo‘lsa ham, ularning 70 nafarigina Evropaning ilg‘or chempionatlarida o‘ynamoqda.

Futbolchini umumiy baholashda gollar, golli etkazmalar, paslar aniqligi va o‘yinchilarning reytingi kabi omillar hisobga olinadi.

Vitaliy Denisov o‘tgan oyda Rossiya Premer-ligasida «Lokomotiv"ning qariyb barcha o‘yinlarida ishtirok etdi va ikki marotaba «uchrashuv o‘yinchisi» nomiga sazovor bo‘ldi. 29 yoshli O‘zbekiston futbolchisi 10 ballik reytingda 7,42 to‘plab, «Augsburg» yarim himoyachisi janubiy koreyalik Ku Ja Chxoldangina ortda qoldi.

Oktyabrda eng yaxshi osiyolik o‘yinchilar o‘nligi
1. Ku Ja Chxol («Augsburg» / Janubiy Koreya) — 7,45

2. Vitaliy Denisov («Lokomotiv» M / O‘zbekiston) — 7,42

3. Maya Yosida («Sautgempton» / Yaponiya) — 7,35

4. Alireza Yaxanbaksh (AZ / Eron) — 7,28

5. Reza Guchannejad («Xerenven» / Eron) — 7,21

6. Mayk Xavenar («ADO Den Xaag» / Yaponiya) — 7,08

7. Xiroki Sakai («Marsel» / Yaponiya) — 7,07

8. Chji Don Von («Augsburg» / Janubiy Koreya) — 7,07

9. Yuya Osako («Kyoln» / Yaponiya) — 7,04

10. Kennet Dugal («Sparta Rotterdam» / Avstraliya) — 6,98

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Denisov — Evropaning eng yaxshi 5 osiyolik futbolchisi