«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Argentina terma jamoasi hujumchisi bu qarorni oilasi bilan yozgi ta’tildaligidayoq qabul qilib bo‘lgandi. U o‘shanda otasidan va yaqin kishilaridan biridan jamoa rahbariyatiga bu istagi haqida etkazishni so‘ragan. Messi hatto amaldagi shartnomasi yakunigacha ham «Barselona»da qolishiga ishonchi komil emas.
Ko‘k-anorranglilar jamoasi prezidenti Xosep Bartomeu bu xabardan shokka tushgan. Keyinroq u Messidan xotirjamlikni saqlashni, o‘z niyatlarida og‘irroq bo‘lishini so‘ragan. Shuningdek, Bartomeu futbolchi uchun so‘raladigan badal puli 250 million evroni tashkil qilishini eslatgan.
Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Bundan oldinroq, Lionel Messi «Barselona»dan Krishtianu Ronaldu «Real»dan topayotgan pulni, ya’ni 50 million evro maosh to‘lashni talab qilgani haqida xabarlar berilgandi.
Kataloniya klubi futbolchiga rekord darajadagi maosh taklif qilishga tayyor. Qayd etish kerak, «Barselona» yaqindagina Neymar bilan shartnomani 2021 yilning yoziga qadar uzaytirgan bo‘lib, braziliyalik hujumchi uchun yiliga 25 million evro to‘lashga rozi bo‘lgandi. Ayni vaqtda jamoa urugvaylik Luis Suaresni ham yangi shartnomaga ko‘ndirish harakatiga tushib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi