17:53 / 14.11.2016
7 235

Janubiy Koreyaliklar O‘zbekiston terma jamoasini puli kam deb o‘ylaganmidi?

Janubiy Koreyaliklar O‘zbekiston terma jamoasini puli kam deb o‘ylaganmidi?

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan JCh saralash bosqichi doirasida o‘yinni o‘tkazish uchun charter reys bilan Seulga etib bordi. Bu koreys OAV va Janubiy Koreya futbol assosiasiyasini ham hayratda qoldirgan ko‘rinadi. Jumladan, “Sports Kyonghyang” va “Newsis” nashrlari shunday yozmoqda:

“O‘zbekiston terma jamoasi ham biz bilan o‘yinga ko‘p narsani “tikmoqda”. Bugun mahalliy vaqt bilan 18:30da O‘zbekiston charter reys bilan etib keldi. Ularning charter reys bilan kelganliklari hayratlanarli. Iqtisodiy tomondan boy bo‘lmagan O‘zbekiston terma jamoasining charter reys bilan kelganligi haqiqatan yangilik. O‘zbekiston hali JChda biror marta qatnashgan emas. Bu safar imkoniyatlari yomon emas. O‘zbekiston bizni engishni uddalasa 1-o‘ringa ham ko‘tarilib olishi mumkin. Lekin durang ham ular uchun qoniqarli natija”.

Shuningdek, ushbu nashrlar Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi rasmiylaridan ham iqtibos keltirgan. Janubiy Koreya futboli rasmiylari ham O‘zbekistonning charter reys bilan uchganligidan hayratini yashira olmagan:

“O‘zbekiston terma jamoasining charter reysda uchganligini ilk marta ko‘ryapmiz. Odatiy reyslar bo‘la turib charter reys bilan uchib kelgani — O‘zbekiston bu o‘yinni juda muhim deb hisoblayotganligidan darak beradi”.

Koreys OAV ma’lumotlari asosida Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreyaliklar O‘zbekiston terma jamoasini puli kam deb o‘ylaganmidi?