11:04 / 15.03.2015
6 639

Ronaldu feysbukda eng mashhur odam sifatida qayd etildi

Ronaldu feysbukda eng mashhur odam sifatida qayd etildi

Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu feysbukda eng mashhur odamga aylandi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakirani ortda qoldirdi, deb xabar berdi BBC telekanali.
Krishtianu Ronalduning rasmiy sahifasi oxirgi hisobga ko‘ra 107 099 519 ta “layk” belgisi to‘plagan, “Barselona” futbolchisi Jerar Pikening turmush o‘rtog‘i, kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira hisobida esa 107 089 991 ta “layk” bor.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha reytingning yuqori o‘ntaligidan “Barselona” futbol klubining sahifasi ham o‘rin olgan (83 617 531 ta layk), klubning hujumchisi Lionel Messi esa ushbu reytingda 13-o‘rinni egallagan (78 285 797 ta layk).

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu feysbukda eng mashhur odam sifatida qayd etildi