00:06 / 16.03.2015
5 838

«Manchester Yunayted» ajoyib o‘yin namoyish qildi va «Tottenxem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Manchester Yunayted» ajoyib o‘yin namoyish qildi va «Tottenxem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Angliya Premer-ligasi 29-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» - «Tottenxem» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi va unda «Qizil iblislar» yaxshi o‘yin namoyish etib, yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq Maruan Fellayni Maykl Kerrikning uzatmasidan so‘ng darvozaning uzrq burchagini aniq nishonga oldi va hisobni ochdi, 1:0.

Oradan 10 daqiqa o‘tib, Kerrikning o‘zi burchakdan tashlangan to‘pni boshi bilan Loris qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi, 2:0.

34-daqiqada Ueyn Runi «Tottenxem»ning 4 himoyachisini aldab o‘tib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.

«Yunayted» o‘yinni to‘liq nazorat qildi va londonlik raqiblariga De Xeani bezovta qilishga yo‘l qo‘ymadi.

Ikkinchi bo‘limda ham to‘p nazorati borasida Lui Van Gal shogirdlari kichik ustunlik qilishdi va yakunda g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

APL
29-tur

Manchester Yunayted – Tottenxem 3:0 (3:0)

Gollar: 1:0 – 9 Fellayni, 2:0 – 19 Kerrik, 3:0 – 34 Runi.
Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Smolling, Jons, Fellayni (Falkao, 83), Yang, Kerrik (Rafael, 87), Valensiya, Errera, Mata (Pereyra, 77), Runi.
Tottenxem – Loris, Dayer, Rouz, Uoker, Vertongen, Bentaleb, Meyson (Lamela, 64), Eriksen, Taunsend (Dembele, 31), Shadli (Adebayor, 79), Keyn.
Ogohlantirishlar: Mata (32), Rouz (72).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» ajoyib o‘yin namoyish qildi va «Tottenxem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi