07:46 / 26.11.2016
6 872

Gvardiola Messi «Manchester Siti»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Gvardiola Messi «Manchester Siti»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Lionel Messining «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi.

«Men sizga buni bir necha marotaba aytganman, Messi «Barselona»da qoladi va faoliyatini o‘sha erda yakunlaydi.

Bu mening istagim. Men uning yo‘li «Barselona»da boshlanib o‘sha erda tugashini xohlayman», – degan Gvardiola.

Oldinroq, «Manchester Siti» Messini 200 million funt evaziga xarid qilmoqchiligi, unga haftasiga 500 ming funt maosh bermoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Messi «Manchester Siti»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi