20:17 / 26.11.2016
6 414

«Barselona» Messiga faoliyatining oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qiladi

«Barselona» Messiga faoliyatining oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qiladi

Ispaniyaning «Barselona» jamoasi «Real»ga qarshi bahsdan so‘ng argentinalik hujumchi Lionel Messiga faoliyatining oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif etmoqchi. Bu haqda «Daryo» yozmoqda.

«Barselona» rahbariyati klubning oxirgi yig‘ilishida Messi bilan shartnomani har qanday yo‘l bilan uzaytirishga ko‘rsatma berdi. Ta’kidlanishicha, «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu futbolchining otasi Xorxe Messi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Klub prezidenti va Messining otasi o‘rtasidagi uchrashuv 3 dekabr kuni, Madridning «Real» jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Yangi kelishuvning asosiy sharti Messi faoliyatini «Barsa»da yakunlashi bo‘ladi. Messining moliyaviy ehtiyojlari asosiy o‘rin tutmaydi, negaki klub rahbariyati uni saqlab qolish uchun har qancha mablag‘ sarflashga tayyor.

Aytilishicha, Messi vaziyatdan xabardor, ammo yakuniy qarorni hali qabul qilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Messiga faoliyatining oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qiladi