23:29 / 26.11.2016
5 443

APL. «Liverpul» 1-o‘ringa qaytdi, «Lester» «Midlsbro»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

APL. «Liverpul» 1-o‘ringa qaytdi, «Lester» «Midlsbro»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Angliya Premer-ligasining 13-turida «Liverpul» o‘z maydonida «Sanderlend»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Gollarga Divok Origi va Jeyms Milner mualliflik qildi.

Bu g‘alaba Yurgen Klopp shogirdlariga APL turnir jadvalining birinchi pog‘onasiga chiqish imkonini berdi. Lekin tur yakuniga ko‘ra, «Liverpul» va «Manchester Siti»ni «Chelsi» quvib o‘tishi mumkin. Londonliklar bir necha daqiqalardan keyin «Tottenhem Hotspur»ga qarshi bahsni boshlaydi.

Angliyaning amaldagi chempioni «Lester Siti» o‘z uyida «Midlsbro»ni qabul qilib, qo‘shimcha daqiqalarda belgilangan penalti evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi - 2:2.

«Suonsi Siti» va «Kristal Pelas» o‘rtasidagi dramatik bahsda «laylaklar» 5:4 hisobida g‘olib chiqdi, «Hall Siti» va «Vest Bromvich Albion» uchrashuvi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Liverpul – Sanderlend 2:0
Gollar: 1:0 – 75 Origi, 2:0 – 90, penalti Milner.
Liverpul – Karius, Lovren, Matip, Klayn, Koutino (Origi, 34), Xenderson, Firmino (Leyva, 87), Djan, Mane, Veynaldum (Vudbern, 90), Milner.
Sanderlend – Pikford, O′Shi, van Anxolt, Kone, Denayer, Ndong, Uotmor (Yanuzay, 79), Pienar (Guch, 79), Djons, Defo, Anichebe.
Ogohlantirishlar: Kone (60), O′Shi (64), Lovren (67), Pienar (70).

Suonsi – Kristal Pelas 5:4
Gollar: 0:1 – 19 Zaa, 1:1 – 36 Sigurdsson, 2:1 – 66 Fer, 3:1 – 68 Fer, 3:2 – 75 Tomkins, 3:3 – 82, avtogol Kork, 3:4 – 84 Benteke, 4:4 – 90 Lorente, 5:4 – 90 Lorente.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Teylor, Noton (Montero, 86), Amat, Sigurdsson, Kork, Rautledj (Lorente, 66), Fer, Barrou (Ranxel, 80), Fulton.
Kristal Pelas – Xennessi, Denn, Kelli (Frayers, 73), Uord, Tomkins, Zaa, Kabay, Makartur (Sako, 82), Panchon, Benteke, Uikxem (Taunsend, 52).
Ogohlantirishlar: Rautledj (22), Kork (27), Xennessi (42), Taunsend (54), Panchon (67), Kelli (68), Noton (72), Fulton (86), Kabay (90).

Lester – Midlsbro 2:2
Gollar: 0:1 – 13 Negredo, 1:1 – 34, penalti Mahrez, 1:2 – 71 Negredo, 2:2 – 90, penalti Slimani.
Lester – Siler, Morgan, Simpson, Fuks, Xut, Amarti, King, Olbrayton, Mahrez (Musa, 68), Okadzaki (Grey, 76), Vardi (Slimani, 65).
Midlsbro – Valdes, Chembers, Fabio, Barragan, Gibson, Forshou, Kleyton, Ramires (Fisher, 88), Traore (Stuani, 79), de Ron, Negredo.
Ogohlantirishlar: Olbrayton (29), Chembers (31), Negredo (34), Fuks (37), Amarti (51), Vardi (65), Valdes (90), de Ron (90).

Hall – Vest Bromvich 1:1

Gollar: 0:1 – 34 Makoli, 1:1 – 72 Douson.
Hall – Marshall, Devis, Douson, Taymon (Robertson, 90), Al-Muxammadi, Meyson (Diomande, 46), Livermor, Xenriksen (Meyler, 88), Snodgrass, Klukas, Mbokani.
Vest Bromvich – Foster, Makoli, Nom, Douson, Evans, Fletcher (Makkleyn, 64), Yakob, Morrison (Shadli, 79), Brant, Fillips (Robson-Kanu, 83), Rondon.
Ogohlantirishlar: Douson (29), Klukas (45), Makoli (60), Evans (67), Diomande (73).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Liverpul» 1-o‘ringa qaytdi, «Lester» «Midlsbro»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi