23:36 / 27.11.2016
5 900

Mourino Pogbaning simulyasiyasidan keyin tribunaga haydaldi

Mourino Pogbaning simulyasiyasidan keyin tribunaga haydaldi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatining 13-turida «Vest Hem»ga qarshi kechayotgan uchrashuvning birinchi bo‘limi vaqtida zaxira o‘rindig‘idan haydaldi.

Portugaliyalik mutaxassis o‘z futbolchisi Pol Pogbaga simulyasiya uchun sariq kartochka berilganida hakamning qaroriga keskin norozilik bildirgach, uning o‘ziga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Mourino o‘z noroziligini zaxiradagi hakamga keskin ruhda bildirdi, shundan so‘ng bu erga o‘yin bosh hakami Jonatan Moss etib keldi va murabbiyni tribunaga jo‘natdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Pogbaning simulyasiyasidan keyin tribunaga haydaldi