23:34 / 17.03.2015
6 829

«Al Sadd» «Lokomotiv»ni yirik 6:2 hisobida taslim etdi

«Al Sadd» «Lokomotiv»ni yirik 6:2 hisobida taslim etdi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi "Al Sadd" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.

"Temiryo‘lchilar" qatarlik raqiblarining bosimiga dosh bera olishmadi va yirik 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.

Ibrohim Xalfan avvaliga 27-daqiqada penaltidan o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. Hasan Haydos 34daqiqaga kelib hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Nodir Belhoj 40 daqiqada Xalfanning uzatmasidan so‘ng hisobni yirik 3:0 ko‘rinish olishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida yana uchrashuvda birinchi golni kiritgan Ibrohim Xalfan o‘z nomini tabloga yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Nihoyat Koyashevich 56-daqiqada oradagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, 4:1.

Addulkarim Hassan 63 va Grafite 66-daqiqalarda toshkentliklar darvozasiga mos ravishda 5 va 6-gollarni kiritishdi.

Jasur Hasanov bo‘lsa 77-daqiqada hakam tomonidan belgilangan penaltidan unumli foydalandi.

Shu tariqa uchrashuv Qatarning “Al Sadd” jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi.


OChL.
"C" guruhi
3-tur


"Al Sadd" - "Lokomotiv" 6:2 (3:0)
Gollar: Ibrohim Xalfan 27, Hasan Haydos 34, Nodir Belhoj 40, Ibrohim Xalfan 50, Koyashevich 56, Addulkarim Hassan 63, Grafite 66, Jasur Hasanov 77
“Al Sadd”: Saad Shib, Abdulkarim Hassan, Muhammad Kasola, Miruki (Asadalla, 62), Ibrohim Xalfan, Hasan Al Haydos, Talal Al Blushi (Yosir Yahyo, 83),Grafite, Nodir Belhoj, Li Jung Su, Musaab Xidir.
“Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Shavkat Mullajonov (Dilshod Rahmatullaev, 31), Islom To‘xtaxo‘jaev, Salim Mustafoyev, NemanyaYanichich, Oleg Zoteev, Jasur Xasanov O (Jasur Hasanov J, 71), Timur Kapadze, Sanjar Shoahmedov, RuslanKoryan (Damir Koyashevich, 46), Temurxo‘ja Abduholiqov

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Al Sadd» «Lokomotiv»ni yirik 6:2 hisobida taslim etdi