13:40 / 29.11.2016
5 477

O‘zbekistonda ishlagan xorijlik mutaxassis Toshkentdagi stadionlar doim liq to‘lishini aytdi

O‘zbekistonda ishlagan xorijlik mutaxassis Toshkentdagi stadionlar doim liq to‘lishini aytdi

O‘z vaqtida Toshkentning «Bunyodkor» klubi akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan 30 yoshli moldovalik mutaxassis Nikolay Surkan «Moldavskiy futbol» nashriga bergan intervyusida O‘zbekistondagi faoliyati haqida gapirib berdi.

- O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi asosiy farqlar qanday?
- Men qoyil qoldirgan jihat, O‘zbekistonda futbolni juda yaxshi ko‘risharkan. Agar Toshkentni oladigan bo‘lsak, u erda juda ko‘p futbol maydonlari bor. Shaharda taxminan 20ta ixtisoslashgan maktab bor va har bir yosh toifasida ikkita liga mavjud. U erda bolalar ertalabdan kechgacha to‘p tepadigan kichik sun’iy maydonlar ko‘p. Stadionlarni odamlar doim to‘ldirib turishadi. Bu hattoki Oliy ligada uchta klub ishtirok etadigan Toshkent shahri jamoalarida ham boshqalarda ham kuzatiladi. Bekorga O‘zbekiston JCh-2018ga chiqmoqchi emas, ularda buning uchun yaxshi imkoniyat bor. U erda bolalar-o‘smirlar futboliga katta e’tibor beriladi. Katta futbolga o‘tish asta sekinlik bilan o‘tadi. Agar Moldovada o‘rinbosarlar safida 16-17 yoshlilar o‘ynashsa, u erda 20-21 yoshli yigitlar to‘p tepishadi. O‘zbekistonda yoshlar obdon sinovdan o‘tkazilib, keyin asosiy jamoaga jalb qilina boshlaydi.

Terma jamoadagi tizim juda qiziq. Barcha klublar futbol federasiyasiga bo‘ysunadi. Futbolchilar birinchi navbatda milliy terma jamoa uchun tayyorlanadi. Men jamoani qabul qilib olganimda, klub rahbarlari menga yoshlar ligasida chempion bo‘lish prestij ekani, lekin klubdan yoshlar terma jamoalarining Osiyo chempionatlarida ishtirok etadigan tarkibiga qancha ko‘p futbolchi etkazib berishi orqali o‘z ishini ko‘rsatish ma’qulroq ekanini aytishdi. Agar sen ikkalasida ham muvaffaqiyatli ishlasang, bu haqiqiy faxr bo‘ladi.

Terma jamoa murabbiylarining klublar bilan aloqasi ham o‘ziga xos. Terma jamoa ustozi biz bilan doimiy aloqada bo‘lib turardi, o‘yinlarga tushardi, bizdan o‘yin va mashg‘ulotlar borasida hamma axborotlarni so‘rab olishardi. U erda terma jamoalar jiddiyroq musobaqa bo‘lsa, 10 oy oldindan tayyorgarlikni boshlashadi. Eng qizig‘i ular bu ishni oyida bir-ikki hafta davomida amalga oshiradi. Aniqrog‘i qo‘limdagi bolalar uch hafta men bilan ishlashardi, keyin terma jamoaga ketishardi.

Moldovadaning O‘zbekiston bilan solishtirganda muammolaridan biri bu yosh futbolchilarni topishda. U erda bu osonroq. Masalan Moldovada o‘zing qidirib topishing kerak, topganingda ham kimdir yaxshi yugursa, yaxshi tepa olmaydi, Yaxshi tepa olgani yaxshi yugura olmaydi. O‘zbekistondagi iqtidorlar esa yugurishadi, ikkala oyoqda ham yaxshi zarba beradi, xullas zo‘r futbolchi bo‘lish uchun barcha sifatlarga ega bo‘ladi, - deya gapirib o‘tgan mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda ishlagan xorijlik mutaxassis Toshkentdagi stadionlar doim liq to‘lishini aytdi