22:24 / 01.12.2016
5 640

«El-klasiko» bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

«El-klasiko» bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” klublari o‘rtasidagi bahs bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

SkySports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “el-klasiko”da Kolumbiyadagi aviahalokat qurbonlari xotirlanadi.

29 noyabr kuni Medelin yaqinida bo‘lgan halokatda 71 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida “Shapekoense” jamoasi futbolchilari, murabbiylar va klub vakillari ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Real” bahsi 3 dekabr kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «El-klasiko» bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi