"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 150 mln evrolik soliqni yashirish bo‘yicha firibgarliklarga aralashgani ma’lum bo‘ldi. Bu firibgarlik sxemasini futbolchining agenti Xorxe Mendesh ishlab chiqqan. Soliqlarni yashirishda Joze Mourino ham ishtirok etgan.
Evropaning 12 ta nashri jurnalistlari professional futbolda noqonuniy pul operasiyalarini fosh qilish maqsadida Football Leaks konsorsiumga birlashdilar. Konsorsium yaqin uch hafta ichida mojaroli ma’lumotlarni taqdim qilmoqchi, biroq bu konsorsiumga kiruvchi Spiegel nashri bu ma’lumotlardan bir qismini oldinroq chop etdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ronaldu Shveysariya va Britan Virgin orollaridagi ofshor kompaniyalarda 150 mln evro miqdorida soliqni yashirgan.
Nashrning yozishicha, soliqni yashirishda Mendeshning mijozi bo‘lgan Joze Mourino ham ishtirok etgan. Mourino 12 mln evrolik soliqni yashirishda ayblanmoqda.
Bu fosh qiluvchi materiallar chop etilishidan avval Mendesh kompaniyasi Ronaldu va Mourino "Ispaniya va Britaniya hukumatlari oldida barcha soliq majburiyatlarini to‘liq bajarganlari" haqida bayonot chop etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»