Ispaniya La ligasining 14-tur uchrashuvlariga bugun start beriladi. Shanba va yakshanba kunlari bir qator qiziqarli bo‘lgan bahslar bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, turni "Granada" - "Sevilya" uchrashuvi ochib beradi.
Undan keyin esa, barchaning nigohi Kataloniya poytaxtiga qaratiladi. U erda "Barselona" jamoasi azaliy raqibi bo‘lgan "Real" klubini qabul qiladi.
Bugun har doimgidek, dunyo ikkiga bo‘linib oladi. Yarim qutb "Barsa" tomonida bo‘lsa, er sharining yarmisi "Real" tomonida bo‘ladi. Bugun "MYu" yoki "Chelsi" ishqibozlari ham bu o‘yinga boqadi. "Bavariya", PSJ va "Yuventus" muxlislari ham bugun o‘z suyuklilarini birpasga unutib turishadi. Chunki, "Kamp Nou"da buyuk spektakl qo‘yiladi.
Ko‘pchilik dunyo futbol mutaxassislari bu o‘yinda "Barsa"ning g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqda. Aslidachi?
Bir narsa aniq: "Real" har doim Kataloniyada yaxshi o‘ynab kelgan. Ayni paytdagi "Real" ancha kuchga to‘lib turibdi. O‘z navbatida "Barsa" ham bu raqibiga qarshi qarab turmaydi.
Xullas, bugun kechqurun supero‘yinga guvoh bo‘lamiz. Ko‘p narsalar Messi va Ronalduga bog‘liq bo‘ladi, bugun.
Demak, La liganing 14-turida "Atletiko" o‘zida "Espanol"ni qabul qiladi. Enrike shogirdlari ham g‘alaba uun maydonga chiqishlari aniq. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi