«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 14-turida «Chelsi»ga qarshi kechgan uchrashuv oxirida yuzaga kelgan mushtlashuv uchun uzr so‘radi. U shu bilan birga jamoasi hujumchisi Serxio Agueroni himoya qilib chiqqan.
Shanba kuni oqshomida Etihad o‘yingohida kechgan uchrashuvda «shaharliklar» jamoasining 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati qayd etildi. O‘yin oxirida ikki jamoa futbolchilari Aguero va David Luisning to‘qnashuvidan keyin ommaviy janjal boshlagandi.
Gvardiola ikki futbolchisining chetlatilishini ham haqqoniy qaror deb hisoblaydi. Shu bilan birga uning fikricha, Aguero qasddan bunday qo‘pollik qilgan deb hisoblamaydi.
«O‘yin bu tarzda tugagani afsuslanarli bo‘ldi. Menga bu kabi narsalar yoqmaydi, kechirim so‘rayman.
Aguero David Luizni qasddan urdi deb o‘ylamayman. Ular ikkisi ham baquvvat. Keyin Fernandino Agueroga yordamga keldi.
«Bornmut» bilan o‘yinda xuddi shu ishni Nolito qilganida qizil kartochka olgan va 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi. Shuning uchun, Fernandino jamoadoshini raqibdan himoya qilish uchun etib kelgandi.
Men u bilan bu haqida gaplashmadim. Agar bu vaziyat kameraga tushgan bo‘lsa, nima bo‘lganini ko‘ramiz», deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan Sky Sports. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi