22:05 / 11.12.2016
5 898

«Manchester Yunayted» nihoyat «Tottenxem»ni mag‘lub etdi va uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi

«Manchester Yunayted» nihoyat «Tottenxem»ni mag‘lub etdi va uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi

Angliya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Tottenxem” uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.

Unda 1:0 hisobi qayd etilib, mankunianliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning qo‘p qismi tengkurashlar ostida o‘tdi va “MYu“ asosiy qarshi hujumlar bilan o‘ynadi. “Tottenxem“ esa o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga ushlab turishga intildi.

Shunday bo‘lsada, birinchi bo‘limning 29-daqiqasida Genrix Mxitaryan jamoasining tezkor qarshi hujumini ajoyib gol bilan yakunlab, hisobni ochdi – 1:0.

“Tottenxem“ final hushtagiga qadar javob golini kiritishga harakat qildi. Lekin De Xea bu kechada darvozasidan to‘p olib chiqmadi.

Shu tariqa, “Manchester Yunayted” o‘zida “Tottenxem”ni mag‘lub etib, uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.

Angliya chempionati, 15-tur

Manchester Yunayted – Tottenxem 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 29 Mxitaryan.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Djons, Darmian, Valensiya, Errera, Kerrik, Pogba, Mxitaryan (Bayi, 85), Marsyal (Reshford, 72), Ibragimovich.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker, Vertongen, Eriksen (Nkudu, 83), Dembele (Uinks, 67), Vanyama, Alli, Son Xыn Min (Sissoko, 57), Keyn.
Ogohlantirishlar: Valensiya (32), Vanyama (58), Pogba (64), Mxitaryan (76), Uoker (78), Rouz (82).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» nihoyat «Tottenxem»ni mag‘lub etdi va uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi