22:47 / 12.12.2016
6 274

Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritildi

Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritildi

O‘zbekistonlik 41 yoshli gimnastikachi Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritildi. Bu haqda Sputniknews-uz.com xabar berdi.

U ijtimoiy tarmoqdagi surati ostiga "Endi men rasman Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildim", deb izoh qoldirgan. Oksana Olimpiada o‘yinlarida ketma-ket etti marta (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) ishtirok etgan gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina 1975 yil 19 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 1992 yilda Barselona shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritgan. Sportchi 2006-2012 yillarda oilaviy muammolari sabab Germaniyada yashashiga to‘g‘ri kelgan va shu yillar davomida o‘tkazilgan musoboqalarda Germaniya terma jamoasi safida ishtirok etgan. 2013 yildan yana O‘zbekiston termasi tarkibiga qaytgan.

Oksana Chusovitina faoliyati davomida Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon kuboklari sohibi, uch karra jahon chempioni, Evropa chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritildi