19:20 / 13.12.2016
9 359

Islom To‘xtaxo‘jaev: Qur’a bizga o‘tgan yilgidan ko‘ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi

Islom To‘xtaxo‘jaev: Qur’a bizga o‘tgan yilgidan ko‘ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi

Xabaringiz bor, bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida qit’amizdagi klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqa sanaladigan Osiyo Chempionlar Ligasi 2017 mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi musobaqadaning “A” guruhidan o‘rin oldi va "Al Ahli" (BAA), "Al Tavun" (S. Arabistoni) hamda Pley-off 3 g‘olibiga qarshi bahs olib borishi oydinlashdi.

“Temiryo‘lchilar” jamoasi a’zosi Islom To‘xtaxo‘jaev klub matbuot xizmatiga qur’a borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bu safargi qur’a bizga o‘tgan yilgidan ko‘ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi, desam xato bo‘lmasa kerak. Zero 2016 yilgi o‘rin olgan guruhimizda nomdor raqiblar soni ko‘proq edi. Ammo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida kuchsiz raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Shu boisdan bu gal ham har bir raqib bilan bo‘ladigan o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rishimiz talab etiladi. Guruhda qaysidir jamoani yaqqol favorit va qaysinidir autsayder deya olmayman.
Barchasi mavsum start olgach jamoalarning qay darajada tayyor ekaniga bog‘liq bo‘ladi.

Ortda qolgan mavsumda OChLda yomon qatnashmadik. Biroq musobaqada zafar quchmas ekansan, ishtirokni yaxshi deya baholay olmaysan kishi. Shu sababli bu safar endi qit’amizning nufuzli turnirida g‘alaba qozonishga urinamiz.

Shu o‘rinda, Chempionlar Ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalariga ham omad tilayman va umid qilamanki, ular ham guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi, - deydi tajribali himoyachi.

Manba: www.lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Islom To‘xtaxo‘jaev: Qur’a bizga o‘tgan yilgidan ko‘ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi