00:58 / 16.12.2016
6 334

Klublar o‘rtasida JCh. «Real» yarim finalda «Amerika»ni engib, finalga chiqdi

Klublar o‘rtasida JCh. «Real» yarim finalda «Amerika»ni engib, finalga chiqdi

Yaponiyada davom etayotgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yarim finalidan o‘rin olgan "Amerika" Meksika hamda "Real" Madrid klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Unda 0:2 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, Benzema 45+2 daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning oxirida Ronaldu ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa "Real" g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.

Klublar o‘rtasidagi JCh, 1/2 final
Amerika Meksika – Real Madrid Ispaniya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 45 Benzema, 0:2 – 90 Ronaldu.
Amerika – Munos, Gols, Valdes, Samudio, Alvarado (Gerrero, 54), Villiam, Sambuesa, Ibarra (Kintero, 62), Pablo Agilyar, Peralta, Romero (Arroyo, 70).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Kroos (Xames, 72), Kazemiro, Modrich, Vaskes, Ronaldu, Benzema (Morata, 80).
Ogohlantirishlar: Sambuesa (21), Nacho (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klublar o‘rtasida JCh. «Real» yarim finalda «Amerika»ni engib, finalga chiqdi