00:01 / 23.12.2016
5 632

Estudio Estadio: «Barselona» Messi so‘ragan pulni bera olmasa, u Xitoyga ketadi

Estudio Estadio: «Barselona» Messi so‘ragan pulni bera olmasa, u Xitoyga ketadi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin.

Bu haqida argentinalik futbolchi yaqin do‘stlaridan biriga aytgan. Estudio Estadio nashri tomonidan xabar qilinishicha, agar "Barselona" Messi so‘ragan pulni bera olmasa, u Xitoyga ketadi.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Messi bu haqida "Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregasga aytgan. Messi va Fabregas yaqin do‘st hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam "Xebey Chayna Forchun" klbi Messiga yiliga 100 million evro to‘lashga tayyor ekani aytilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Estudio Estadio: «Barselona» Messi so‘ragan pulni bera olmasa, u Xitoyga ketadi