Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher Usmonov Moskvaning «Dinamo» jamoasiga yangi homiy bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Dinamo» Butunrossiya jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi Vladimir Strjalkovskiy ma’lumot bergan.
Shu bilan birga u milliarderning o‘zi hali bu borada aniq javob qaytarmaganini aytib o‘tgan.
«Men homiylik masalasida Usmonovning vakili bilan uchrashdim. Hozircha javob yo‘q», — degan u.
Usmonovning sport sohasi bilan ko‘p yillik aloqalari bor. U Rossiya va Xalqaro qilichbozlik federasiyalari rahbari, shuningdek, Londonning «Arsenal» jamoasi aksiyadori hisoblanadi.
«Dinamo» o‘tgan mavsumda o‘z tarixida ilk marta quyi ligaga tushib ketgandi.
Alisher Usmonov 2015 yilda futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining bosh homiysiga aylangandi. O‘tgan yil fevralida Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga terma jamoa bosh murabbiyi oldidagi maosh bo‘yicha qarzni qoplash uchun 400 million rubl ajratdi. Iyun oyida tadbirkor italiyalik oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun tashkilotga yana 300 million rubl taqdim etdi.
Avgust oyida esa Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga ajratgan beg‘araz moliyaviy yordamning umumiy miqdori 1 milliard rublga etgani xabar berildi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan shu yili xayr-saxovati uchun mukofotlangan ushbu milliarder 2015 yilda Moskvaning «Dinamo» xokkey klubi qarzlarini to‘lab bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi