22:15 / 28.12.2016
5 796

Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi

Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekstonda yilning eng yaxshi sportchisi deb tan olindi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi 27 dekabr kuni yil yakunlariga bag‘ishlangan Yangi yil tadbirini o‘tkazgan.

Unda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha madaniyat va sport xodimlari taqdirlangan.

Xususan, «Yilning eng yaxshi sportchisi» yo‘nalishida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘stmatov taqdirlangan.

Unga maxsus diplom va 10 ming dollar miqdoridagi mukofotni vazir Bahodir Ahmedov topshirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi