O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan terma jamoa sardori Odil Ahmedovning qishki transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi ehtimoli bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi. Uning TASS muxbiriga aytishicha, futbolchi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni «Krasnodar»da o‘tkazadi.
Bundan oldingi xabarlarda 29 yoshli ushbu futbolchi faoliyatini Xitoy jamoalaridan birida davom ettirishi haqida aytilayotgandi.
«Ayni vaqtda Odil Ahmedov — O‘zbekiston terma jamoasining etakchi futbolchisi. U yuqori ambisiyali futbolchi. U o‘z o‘yini orqali „Krasnodar“ga foyda keltirmoqda. Men u bilan payshanba kuni gaplashdim va u menga o‘z jamoasini tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi. U birozdan keyin „Krasnodar“ yig‘inlariga yo‘l oladi.
Hozirda Odil matbuotda yozilganidek kurortda emas, Toshkentda ta’tilni o‘tkazmoqda», — degan Babayan.
Odil Ahmedov 2014 yilda «Anji»dan «Krasnodar»ga o‘tgandi. U Rossiya chempionatining joriy mavsumida 16ta o‘yinda maydonga tushdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi