19:16 / 18.04.2015
4 566

Joze Mourino: «Siti» 3 yil ichida APLni 2 marta yutib oldi. Jamoani nega tanqid qilishmoqda?

Joze Mourino: «Siti» 3 yil ichida APLni 2 marta yutib oldi. Jamoani nega tanqid qilishmoqda?

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Siti”ga nisbatan bo‘layotgan tanqidlarni tushunmasligini aytib o‘tdi, deb yozadi Uff.uz.

“Men jamoaning o‘yinida pasayish yuz berganiga ajablanmayapman. Bunday hol har bir jamoada uchrab turadi. “Siti” 3 yil ichida APLda 2 marta g‘alaba qozonganiga qaramay, muxlislar uni tanqid qilishayotgani meni hayron qoldirmoqda.

Xuddiki, “Siti”ning murabbiyi no‘noq, futbolchilari noshud, hurmatga arzimaydigandek. Aslida esa bunday emas. Ular amaldagi chempionlar hisoblanishadi. To‘g‘ri, bu yil 1-o‘rinni egallay olmasliklari mumkin.

Ammo ba’zi murabbiylar umr bo‘yicha APLda chempionlikka erisha olishmagan. Hayot davom etmoqda. Sizlar esa “Manchester Siti” futbolchilarini jinoyatchiga aylantirib qo‘ymoqdasizlar”, - deydi Mourino.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: «Siti» 3 yil ichida APLni 2 marta yutib oldi. Jamoani nega tanqid qilishmoqda?