15:30 / 06.01.2017
5 125

Nemis tilida so‘zlasha olmaydigan «Bavariya» futbolchilari jarimaga tortiladi

Nemis tilida so‘zlasha olmaydigan «Bavariya» futbolchilari jarimaga tortiladi

Germaniyaning «Bavariya» futbol klubi prezidenti Uli Xeness futbolchi va murabbiylar nemis tilida so‘zlashishi kerakligi haqida aytib, bunga rioya qilmaganlar jarimaga tortilishi haqida ogohlantirdi.

«‘Bavariya’ kiyim almashtirish xonasida nemis tili jarang sochishi kerak. Til — muloqot vositasi. Boshqacha bo‘lgan taqdirda kichik guruhbozliklar boshlanishi mumkin», — Xenessning so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Sports.ru».

Faqatgina fransuz yoki portugal tillarida so‘zlashish kamlik qiladi. Futbolchilar nemis tilini o‘rganishi va bu klub qoidasiga aylanishi kerak. Bunga bo‘ysunmaganlar jarimaga tortiladi.

Xohish bo‘lsa, chora topiladi. Ayrim futbolchilar bosh murabbiy Karlo Anchelottidan ibrat olishi lozim
Uli Xeness, «Bavariya» klubi prezidenti

Bild nashrining qayd etishicha, xorijlik futbolchilardan Aren Robben, Robert Levandovski va Anchelottining o‘g‘li Davide nemis tilida bemalol so‘zlasha oladi. Kingsli Koman hamda Renatu Sanshesh esa bu tilni hammadan ko‘ra yomonroq biladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nemis tilida so‘zlasha olmaydigan «Bavariya» futbolchilari jarimaga tortiladi