12:26 / 19.04.2015
6 460

“Arsenal” Angliya Kubogi yarim finalida “Reding”dan ustun keldi

“Arsenal” Angliya Kubogi yarim finalida “Reding”dan ustun keldi

Londonning “Arsenal” jamoasi Angliya Kubogining yarim finalida “Reding” klubi bilan uchrashdi, deb yozadi Kun.uz.

O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. “Arsenal” hujumchisi Sanches va “Reding” futbolchisi Makklirilar o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi. Qo‘shib berilgan 30-daqiqada Aleksis Sanches navbatdagi golini urib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.
Shu tariqa “Arsenal” turnirning finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Finalda u “Liverpul” jamoasi bilan kubok uchun bahslashadi.

Angliya kubogi. 1/2 final
«Reding» (Reding) — «Arsenal» (London) — 1:2
Gollar: Sanches, 39 (0:1); Makkliri, 54 (1:1); Sanches, 105+1 (1:2).
Ogohlantirishlar: Chaloba, 45+2 — Paulista, 108.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal” Angliya Kubogi yarim finalida “Reding”dan ustun keldi