12:42 / 10.01.2017
5 959

Ronaldu o‘z nutqida «Barselona» haqida eslab o‘tdi

Ronaldu o‘z nutqida «Barselona» haqida eslab o‘tdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ta’sis etilgan mukofotni qabul qilib olganidan keyin nutq so‘zladi.

«Men uchun ovoz berganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirishni istayman: muxlislar, terma jamoa sardorlari va jurnalistlar. Rahmat sizlarga.

Men FIFA mukofotini ilk marta olayotganim yo‘q, ammo bu birinchi The Best. Men birinchi navbatda «Real»ga va jamoamiz murabbiyiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men uchun qilgan ishlaringiz uchun rahmat. Shuningdek, oilam, akalarim, onam, klub xodimlariga rahmat aytaman.

2016 yil faoliyatimdagi eng yaxshi yil bo‘ldi. Men o‘tgan yilni hech qachon unutmayman. Juda baxtiyorman, barchadan minnatdorman.

Afsuski, bunday pallada «Barselona» futbolchilari biz bilan birga emas, ammo ularni to‘g‘ri tushunish mumkin», – degan Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, FIFA marosimiga taklif etilgan «Barselona» futbolchilari marosimga kelmaslikni ma’qul ko‘rdi. Lionel Messi, Jerar Pike, Luis Suares va Andres Inesta yil ramziy terma jamoasiga kiritilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu o‘z nutqida «Barselona» haqida eslab o‘tdi