13:42 / 23.01.2017
4 623

Luis Enrike: "Barselona"ning o‘yini ko‘ngildagidan ancha yiroq"

Luis Enrike: "Barselona"ning o‘yini ko‘ngildagidan ancha yiroq"

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatida "Eybar" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:0) jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi, deb yozadi «Stadion.uz» nashri.

"Jamoadan mamnunman. Yaxshi natijalar foyda keltiradi, o‘yinchilar o‘zlariga ishonch hosil qiladilar, ammo o‘yinimiz ko‘ngildagidan, maqsadlarimizga etish uchun zarur bo‘lgan darajadan ancha yiroq.

Dastlabki 20-25 daqiqada "Eybar"ning pressingi oldida hech narsa qila olmay qoldik. Umuman olganda, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, raqibga ham tan brish kerak.

Busketsning dahshatli jarohatidan so‘ng shu aniq bo‘ldiki, uning jarohati jiddiy emas ekan. Bu yaxshi yangilik. Serjining yo‘qligi - katta muammo, ammo biz buni uddalaymiz va to‘g‘ri qarorga kelamiz", - deydi Enrike.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: "Barselona"ning o‘yini ko‘ngildagidan ancha yiroq"