22:15 / 23.01.2017
5 495

Xitoy klubi Runiga haftasiga million funt taklif etdi

Xitoy klubi Runiga haftasiga million funt taklif etdi

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda "Vodiymedia" sayti.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy klublaridan biri (aniq qaysiligi keltirilmagan) 31 yoshli ingliz futbolchisiga haftasiga bir million funt-sterling (1,15 million evro) maosh taklif qildi. Ayni paytda Runi “qizil iblislar”dan haftasiga 300 ming funt (345 ming evro) maosh olmoqda.

Ushbu transfer yozda amalga oshishi mumkin. Agar Runi Xitoyga o‘tishga rozi bo‘lsa, u sayyoramizning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Hozir bu maqom «Shanxay Shenxua»ning argentinalik hujumchisi Karlos Tevesga tegishli. U etti ish kunida 615 ming funt yoki 710 ming evro pul ishlab topadi.

Runi "MYu" safida 2004 yildan beri to‘p surib keladi. 21 yanvarda Angliya chempionati doirasida «Stok Siti»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda forvard manchesterliklar safidagi 250-golini kiritdi. Shu tariqa u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

«Manchester Yunayted» bilan Runi besh karra Angliya chempioni bo‘ldi, Angliya kubogi va Evropa chempionlar ligasi sohibiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy klubi Runiga haftasiga million funt taklif etdi