12:38 / 28.04.2015
6 174

Dani Alves “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi

Dani Alves “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi

Dani Alves “Barselona” jamoasida qoladigan bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.

Cadena Cope nashrida yozilishicha, futbolchi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lgan va mavsum yakunlangach, shartnoma tuziladi.

Qayd qilinishicha, 31 yoshli braziliyalik himoyachining kataloniyaliklar safida qolishga rozi bo‘lishi oilaviy sharoiti bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining amaldagi shartnomasi 2015 yilning iyuniga qadar tuzilgan va u mavsum so‘ngida boshqa chempionatlarda kattaroq maosh evaziga o‘ynashi kutilayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dani Alves “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi