18:51 / 03.05.2015
5 213

Suares: «Messi Neymarga penaltini tepishga berib, jamoani o‘zidan ustunroq qo‘yishini ko‘rsatdi”

Suares: «Messi Neymarga penaltini tepishga berib, jamoani o‘zidan ustunroq qo‘yishini ko‘rsatdi”

“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Kordoba” ustidan g‘alaba qozonilgan o‘yin (8:0) haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Kun.uz.

“Men kiritilgan to‘plardan, ayniqsa jamoa uchun mamnunman, chunki biz chempionatda etakchilik qilayotganimiz uchun bu juda muhimdir.

Menga boshida “Barselona”da moslashishim uchun biroz vaqt talab etildi. Biroq gollar urishni boshlashimni bilardim. Do‘stlarim va oilam meni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Tirishqoqlik bilan ishlab, har doim o‘ynaganimdek o‘ynasam, omadim kelishini bilardim.

Messi Neymarga penaltini tepishiga ijozat berib, ajoyib harakat qildi va jamoani, o‘z sheriklarini o‘zidan ustunroq qo‘yishini namoyish qildi”, deb aytdi urugvaylik futbolchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suares: «Messi Neymarga penaltini tepishga berib, jamoani o‘zidan ustunroq qo‘yishini ko‘rsatdi”